Soatlar
시간들


Xo'rozlar yarim tunda, so'ng tong saharda qichqiradi.
수탉들이 한밤중에, 그 후 이른 새벽에 소리칩니다.


Mening xo'rozim har kuni soat besh yarimda qichqiradi.
제 수탉은 매일 5시 반에 웁니다.


U qo'shnimizning xo'rozini uyg'otadi.
그것은 우리들 이웃의 수탉을 깨웁니다.


Qo'shni xo'roz soat beshdan qirq daqiqa o'tganda qichqiradi.
이웃 수탉은 5시 40분에 웁니다.


Ba'zi xo'rozlar kech soat ikkida, to'qqizda ham qichqiradi.
몇몇 수탉들은 새벽 2시에, 9시에도 웁니다.


Ming yillar davomida xo'rozlar odamlar uchun uyg'otuvchi vazifasini bajargan.
수천년간 수탉들은 사람들을 위해 잠을 깨우는 의무를 수행했습니다.


Ilgari soatlar jiringlamaydigan bo'lgan.
전에 시계는 종을 울리지 않았습니다.


Keyinchalik olimlar jiringlaydigan soatlar ixtiro qilishdi.
후에 학자들이 벨이 울리는 시계들을 발명했습니다.


Qizig'i shundaki, birinchi soatlar kishilar istaganda emas, har soatda: o'nda, o'n birda, o'n ikkida, birda jiringlayvergan.
재미있는 점은 첫 번째 시계들은 사람들이 원할 때가 아니라, 매 시각에 - 10시에, 11시에, 12시에, 1시에 종이 울렸습니다.


Hozirgi soatlar belgilangan muddatda: istasangiz soat uchda yoki soat beshda jiringlaydi.
오늘날 시계들은 표시된 기간에 - 당신들이 원한다면 3시에 또는 5시에 울립니다.


Hozir ixtiro qilingan soatlar ertalab soat oltida bulbul bo'lib sayraydi, chorak kam yettida xo'roz bo'lib qichqiradi.
현재 발명된 시계들은 아침 6시에 종달새가 되어 지저귀고, 6시 45분에 수탉이 되어 웁니다.


Hatto soat sakkizda, to'qqizda radio va magnitofonni qo'yib gapirtiradi ham.
8시에, 9시에 라디오와 녹음기를 설정해 말하게 하는 것도 합니다.


xo'roz 수탉 sahar 새벽, 여명 qo'shni 이웃 uyg'otmqo 깨우다 ilgari 전에 jiringlamoq (종, 벨) 울리다, 울려서 알리다 keyinchalik 후에, 나중에 ixtiro 발명 muddat 기간 sayramoq 울다, 지저귀다 gapirtirmoq 말하게 하다


- '동사 어간+a/yvermoq'은 '어떤 일을 지속하다'는 의미다.


Posted by 활활이

댓글을 달아 주세요