Toshkent shahri inshootlari

타슈켄트시 건물들


O'zbekistonning poytaxti bo'lgan Toshkent ham qadimiy, ham navqiron shahardir.

우즈베키스탄의 수도가 된 타슈켄트도 오래되고, 활기찬 도시입니다.


Tarixiy hujjatlarga ko'ra qadimda Shosh nomi bilan atalgan bu shahar hozirgi kunda Markaziy Osiyoning eng yirik shaharlaridan biriga aylandi.

역사적 근거들로 보면 옛날에 '쇼스'라고 명명된 이 도시는 현재 중앙아시아의 가장 큰 도시들 중 하나로 바뀌었습니다.


O'zbekistonning issiq iqlimini hisobga olgan holda bu shaharda qadimdan ariq va cho'milish havzalari, yashil bog'-rog'lar va ko'plab favvoralar barpo etilgan.

우즈베키스탄의 더운 기후를 염두에 둔 상태로 이 도시에서 오래전부터 개천과 헤엄치는 강변들, 푸른 공원들과 많은 분수들이 건설되었습니다.


Shahar me'morchiligining bosh rejasiga muvofiq hozirgi kunda juda ko'p ma'muriy binolar qad ko'tarmoqda.

도시 건축의 최고 계획에 따라 오늘날 매우 많은 건물들이 우뚝 솟아가고 있습니다.


Xotira maydoni, Milliy teatr, Toshkent davlat konservatoriyasi, Yunusobod sport majmuasi kabi o'nlab yangi binolar shular jumlasidandir.

희생자 광장, 국립 극장, 타슈켄트 국립 콘서트홀, 유누소보드 스포츠 센터와 같은 수십개의 새로운 건물들이 그것들의 사례들입니다..


Loyihaga asosan o'tgan o'n yilliklarda ikki yo'nalishdan iborat bo'lgan Toshkent metrosida reja asosida uchinchi yo'nalish bo'yicha ham poyezdlar qatnovi yo'lga qo'yildi.

계획을 기초로 진행된 10년으로 2개 노선으로 구성된 타슈켄트 지하철에서 계획의 기초로 3호선에 대해서도 기차들이 운행 노선에 배치되었습니다.


havza 분지, 유역, 하천 유역 movofiq 1. ~에 적당한 2. ~에 따라, ~대로 qad ko'tarmoq 우뚝 솟다 loyha 프로젝트, 계획 qatnov 운행, 운전, 항해


- shular jumlasidandir 는 '~의 사례들이다'라는 의미다. 문장 앞에 '예를 들면'으로 쓸 경우에는 'jumladan'을 사용한다. jumladan 과 같은 의미이다.


=====


Shahidlar xotirasi xiyoboni

순교자 추모 공원


Aytishlaricha, ilgari bu yerlar shahar tashqarisidagi suv toshqini tufayli botqoqlikka aylangan qamishzor bo'lgan.

말한 것에 따르면, 전에 이 곳들은 도시 바깥에 있는 기슭이어서 늪지로 변한 갈대밭이었습니다.


Ma'lum bo'lishicha, XX asrning 30-yillarida bu yerga o'limga mahkum etilgan mahbuslarni hukmni ijro etish uchun olib kelar edilar.

정보에 의하면, 20세기의 30년대에 (1930년대에) 이 곳에 사형을 선고받은 죄수들을 형을 집행하기 위해 정한 자리였습니다.


Qariyalarning guvohlik berishicha, qatag'on yillarida xalqimizning asl farzandlaridan A.Qodiriy ham ayni shu yerda qatl qilingan.

노인들의 증언한 것에 따르면, 대숙청 시대에 우리들의 진정한 자식들 중에서 압둘라 코드리도 바로 그 자리에서 처형당했습니다.


Yurtboshimizning farmoniga ko'ra, bu yer Shahidlar xotirasi xiyoboniga aylantirildi va maydonning bir qismida shahidlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida muzey barpo etildi.

우리들의 대통령의 명령을 바탕으로, 이곳은 순교자 추모 공원으로 바뀌어졌고, 광장의 한 부분에 순교자들 추모를 영원히 기념하기 위한 목표로 박물관이 지어졌습니다.


2001-yildan e'tiboran 31-avgust Qatag'on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlanadigan bo'ldi.

2001년부터 시작하여 8월 31일은 대억압 시기의 희생자들을 기리는 날로 기념되었습니다.


2008-yilda Prezidentimizning qaroriga ko'ra "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyining yangi ikkita ekspozitsiya zalini o'z ichiga olgan qo'shimcha bino qurildi.

2008년에 우리들의 대통령의 결정에 의해 "대억압 시대의 희생자들 추모" 박물관의 새로운 2개의 진열관을 그것 안에 더해진 추가적인 건물이 지어졌습니다.


shahid 순교자 xotira 추모 toshqin (강, 바다) 기슭, 계곡 botqoq 늪, 습지 qamish 갈대 mahkum 선고한, 판결한, 유죄를 선고받은 o'limga mahkum 사형 선고 mahbus 죄수, 형사 피고인, 체포, 구류, 억류 guvoh 증인, 목격자 guvohlik 증언, 증거물 asl 진정한, 진짜의 ayni 바로, 꼭 abadiylashtirmoq 영원히 기념하다, 불멸로 만들다 qurbon 희생자 yod etmoq 기리다, 기억하다 ekspozitsiya 진열, 전람


- qatag'on 은 1930년대 소련 스탈린 정부에서 대대적인 억압과 탄압, 숙청을 자행했던 시기를 말한다. 우리나라에서는 이 시기를 내용에 따라 다르게 부르므로, 번역할 때 우리나라에서 주로 사용하는 용어로 표현해야 한다.

Posted by 활활이

댓글을 달아 주세요